Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad aholi bandligini ta’minlash
13:50 / 2024-12-23

Buxoroda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hokimliklar bilan banklarning mahallalarda muvofiq ishlash tizimiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat markazidagi mahallalar mas’ullaridan iborat “yettilik”, tijorat banklari, huquqni muhofaza qilish organlari, ma’muriy sektorlar va tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, xuddi shunday, onlayn studiyalar orqali shahar va tumanlar mutasaddilari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari mas’ullari ishtirok etdi.  

Buxoro viloyatida bu boradagi vazifalar ijrosi yuzasidan viloyat hokimi Botir Zaripov iqtisodiy majmuaga kiruvchi tashkilotlar mutasaddilari bilan birgalikda “Bahouddin Naqshband” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, shaharning yangi massivida istiqomat qilayotgan aholi turmush tarzi, ijtimoiy muhofazaga olingan aholi toifalari, shuningdek, maktab, maktabgacha ta’lim, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, bu boradagi dolzarb ishlar yuzasidan mas’ullar zimmasiga aniq vazifalar topshirildi.  

– Viloyatimizdagi 544 ta mahallaning har birida avvalo ishsizlikka barham berish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tomorqa xo‘jaligini yuritish orqali nochor oilalarga daromad manbaini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, jismoniy imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan oilalar va probatsiyada bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish va iqtisodiy sog‘lomlashtirish, kam daromadli mehnat migrantlariga shu yerda ishlab, daromad topishlari uchun yaqindan ko‘maklashish bo‘yicha yangicha tizim yaratilmoqda, – dedi viloyat hokimi Botir Zaripov. – Endilikda mahalla “yettiligi” tarkibiga bakning mas’ul xodimi ham qo‘shilmoqda. Uning zimmasidagi ish hududda ishlab chiqiladigan har bir loyiha ro‘yobi uchun moliyaviy manbani ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini imtiyozli kredit sarmoyasi bilan qo‘llab-quvvatlash, o‘z vazifasiga sidqidil, vijdonan yondashishi taqozo etilmoqda. Qolaversa, har bir mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklar oldini olish, guzar va ko‘chalarni kuzatuv kameralari bilan ta’minlash va kechayu kunduz doimiy nazorat olib borish dolzarb ahamiyatga ega.  

Kun tartibidagi masala, qolaversa, viloyat markazidagi Bahouddin Naqshband mahallasida o‘tkazilgan xatlov va ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi yuzasidan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Botir Ahmedovning ma’ruzasi tinglandi.  

Shuningdek, viloyat hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Hafiza Artikova, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Umarov,  Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Umid Umarov, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Rahmonov bu boradagi loyihalar, joylarda manzilli amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.