English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqomning imkoniyatlaridan unumli foydalanish zarur
17:20 / 2024-02-20

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov O‘zbek milliy maqom san’ati markazida bo‘lib, markaz o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Avazbek Shomurodovni markaz jamoasiga tanishtirdi.

Shuningdek, uchrashuvda xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan milliy maqom san’atidan milliy o‘zligimizni anglash, madaniyatimizni har tomonlama rivojlantirishda foydalanish dolzarbligiga e’tibor qaratildi. 

Shu bilan birga, xalqimiz, avvalo, yosh avlodni yuksak insoniy tuyg‘ular ruhida tarbiyalash, uning estetik didi va tafakkurini shakllantirishda maqom san’atining keng imkoniyatlarini ishga solish lozimligi ta’kidlandi. 

Aytish kerakki, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi joylarda ushbu nodir va betakror san’atimizni keng targ‘ib etish bo‘yicha ko‘plab loyihalarni amalga oshirmoqda. Maqom kechalari, konsertlar, bolalar musiqa va san’at maktablarida mahorat darslarini o‘tkazib kelmoqda. 

N.Usmonova, O‘zA