Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqomni harbiylar ham sevadi
13:15 / 2021-12-27

Milliy musiqa san’atimizning mohiyatini, go‘zalligi va jozibadorligini tinglovchiga yetkazishda ustoz ijodkor, Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamblining badiiy rahbari Abduhoshim Ismoilov sa’y-harakatlari beqiyosdir.

Ustoz san’atkor manaman degan qaysar tinglovchida ham mumtoz kuylarimiz, maqom san’atiga ayricha mehr, hurmat va ehtirom uyg‘ota oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan yurtimiz bo‘ylab shoir ijodiyoti asosida yaratilgan san’at asarlaridan iborat “Nazm va navo” kechalarini tashkil etish yuzasidan ko‘plab ijodiy loyihalar hayotga faol joriy etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qorovul qo‘shinlari harbiy qismida “Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘linmasi” tashabbusi bilan Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli jamoasi ishtirokida “Maqom kechasi” tashkil etildi. Bu haqda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Akramjon Dehqonov ishtirokchilarga buyuk mutaffakkir shaxsiyati, beqiyos ijodi haqida batafsil so‘zladi.

Tadbir so‘ngida ko‘rsatgan amaliy yordam va tashabbuskorliklari uchun O‘zbek milliy maqom san’ati markazi direktori S.Begmatov, markaz direktor o‘rinbosari K.Alimahsumov, Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli badiiy rahbari A.Ismoilov, filologiya fanlari dotsenti A.Dehqonov Ichki ishlar vazirligining maxsus tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.

“Nazm va navo” kechasi chinakam san’at, nafosat, she’riyat, mumtoz musiqa bayrami sifatida yuksak saviyada tashkil etildi.

N.Usmonova, O‘zA muxbiri