Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqom: yoshlarni milliy san’atga oshufta qilishning ahamiyati va bugungi imkoniyatlar (+video)
11:48 / 2025-06-24

Yo‘l bo‘lsin-ey...

Inson qaysi soha bilan shug‘ullanmasin, yuksak iste’dodga ega bo‘lsa-da, ustozlar duosi va yo‘l-yo‘riqlari bilangina mustahkam kamolga yetadi. Ayniqsa, san’at sohasida xalq mehriga loyiq, el nazariga munosib bo‘lishning sirlarini egallash oson emas. Uzoq yillardan buyon san’at ixlosmandlari va shogirdlar ko‘ngliga manzur bo‘lib kelayotgan O‘zbekiston xalq artisti Zamira Suyunovani mana shunday ustoz san’atkorlardan sanash mumkin. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida 20 iyun kuni Ko‘kdala tumani ma’muriy markazidagi ulkan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Jumladan, yangi bunyod etilgan san’at saroyini ham borib ko‘rdi.

Bu yerda 255 o‘rinli tomosha zali, ko‘plab to‘garak xonalari bo‘lib, saroy zamonaviy cholg‘u asboblari bilan ta’minlangan, ovoz yozish studiyasi, ovoz kuchaytirish moslamalari, mukammal sovitish va isitish tizimi bilan jihozlangan. Davlatimiz rahbari u yerda yosh ijrochilarning badiiy chiqishlarini ham kuzatdi.

Toshkentdan Qarshiga safarimiz asnosida Qashqadaryoda tavallud topib, poytaxtimizda ijodini yashnatgan ustoz san’atkor Zamira Suyunova bilan suhbatlashdik. 

Yurtimizda maqom san’atiga qanday imkoniyatlar berilmoqda? 

Yoshlarni milliy san’atga oshufta qilishning ahamiyati nimada?

Iste’dodli yoshlar xulq-atvor jihatdan nimalarga alohida e’tibor qaratishi lozim?

Suhbatimiz mazmuni mana shu mavzular atrofida kechdi. Qiziqarli jihati, safarimiz davomida ustoz san’atkor Zamira Suyunovadan bir shingil xirgoyi qilib berishlarini so‘radik. 

Suhbat quyidagi videoda...

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/WnbLu0n2cIs" title="Maqom: yoshlarni milliy san’atga oshufta qilishning ahamiyati va bugungi imkoniyatlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA