Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqom ijrochilarining qo‘shma konserti
19:28 / 2024-03-21

Bok-u shahridagi Xalqaro mug‘om markazida O‘zbek Milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi ansambli va Ozarbayjon mug‘om ijrochilarining qo‘shma konserti bo‘lib o‘tdi.

Konsert dasturini ochib berish uchun O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov boshchiligidagi o‘zbek maqom san’ati ustalari sahnaga taklif etildi. Aytish joizki, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev farmoni asosida ustoz Abduhoshim Ismoilov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangani e’tiborga molikdir.  

Mug‘om markazi solistlari rang-barang musiqiy  chiqishlari bilan konsert dasturini davom ettirdi. Tashkil etilgan ijodiy kecha  yig‘ilganlarga unutilmas va yoqimli lahzalarni tuhfa etdi.  

Shuningdek, Ozarbayjon Respublikasi Xalqaro mug‘om markazi rahbari Sohib Poshshozoda  va O‘zbekiston Milliy maqom san’ati markazi rahbari o‘rinbosari Avazbek Shomurodov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar ikki qardosh xalq o‘rtasidagi birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.  

N.Usmonova, O‘zA