Maosh yo‘q, parvoz yo‘q: AQSHda havo qatnovi qisqaradi
AQSH transport vaziri Shon Daffi hukumat ishi to‘xtagani sabab, juma kunidan boshlab mamlakatdagi 40 ta yirik aeroportda parvoz 10 foiz qisqarganini ma’lum qildi. Bu qaror havo harakati dispetcherlarida charchoq va ruhiy bosim holati ko‘paygani bois qabul qilindi, dedi Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) rahbari Brayan Bedford.
Daffining fikricha, “parvoz bilan bog‘liq xavf yo‘q, ammo tizim haddan tashqari bosim ostida qolgan”. Agar Kongress federal byudjetni tasdiqlamasa, yakshanbaga kelib bekor qilinadigan reyslar soni 6 foiz, keyingi hafta esa 10 foizga yetadi.
AQSHda 1,4 milliondan ortiq davlat xizmatchisi, jumladan dispetcherlar ham bir oydan beri maosh olgani yo‘q. Ayrimlar moliyaviy qiyinchilik tufayli qo‘shimcha ish topishga ham majbur bo‘lmoqda.
“American Airlines” va “Southwest” kabi yirik aviakompaniyalar qaysi yo‘nalishlar bekor qilinishini aniqlash uchun FAAdan ma’lumot kutmoqda.
Daffi Kongressni “milliy havo tizimini falaj holatdan chiqarish” uchun zudlik bilan muzokarani yakunlashga chaqirdi.
Musulmon Ziyo, O‘zA