English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Manzoor Nadir: O‘zbekistondagi sivilizatsiya tarixi, yaqin qo‘shnilar bilan ahil yashash tajribasidan ko‘p narsa o‘rganamiz (+video)
14:56 / 2025-04-07

Toshkentda Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasi davom etmoqda. O‘zA muxbiri nufuzli anjumanda ishtirok etayotgan Gayana parlamenti spikeri Manzoor Nadir bilan suhbatlashdi:

– O‘zbekistonga qilgan tashrifim eng yoqimlilardan biri bo‘ldi, deb ayta olaman. Xalqingiz, mamlakatingiz mehmondo‘stlik jihatidan iliq va samimiy.

Xususan, 2000 dan ziyod delegatning assambleyada samarali ishlashi, o‘zlarini erkin his qilishi uchun hech narsa ayamadi. 

O‘zbekistondagi Parlarmentlararo Ittifoq yig‘ilishi barqarorlik, rivojlanish, inson rivoji masalalariga bag‘ishlangan. Bu masalalarni muhokama qilib, o‘z parlamentlarimiz va mamlakatlarimizga tajriba va fikrlar olib qaytamiz.

O‘zbekiston Prezidentining assambleyada ishtiroki, muhim g‘oyalar va tashabbuslarni ilgari surgani muhim voqelik bo‘ldi. 

Men Gayanadan kelganman. Bu Janubiy Amerikaning shimoliy sohilida joylashgan mamlakat. Aholimiz ko‘p millatli, musulmonlar esa taxminan 15 foizni tashkil qiladi. Lekin biz totuvlikda yashaymiz. 

Mamlakatimiz avval juda qashshoq edi. Yaqinda neft ishlab chiqarish boshlandi va vaziyat yaxshilanmoqda. 

O‘zbekistonda ko‘rganim eng yaxshi namuna – bu xavfsizlik, xalqning iliqligi, xursand chehralar. 

Aytib o‘tishim kerakki, parlamentlarda yoshlarga yuqori darajada o‘z hissasini qo‘shish imkoniyati berilishi juda muhim. Assambleyada bu kuzatilgani yaxshi ish bo‘ldi. 

O‘zim parlamentda 30 yilga yaqin ishlaganman, hukumatda ikki bor vazir bo‘lganman, hozir esa spikerman. 

Ayollar va yoshlarga imkon qadar ko‘proq yordam kerak, chunki ular yangi g‘oyalar, yangi qarashlar olib keladi. Agar biz yoshlarni bir-biri bilan suhbatlashishga va uchrashishga undasak, tinchroq mamlakat va tinchroq dunyo yaratish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston va Gayana orasidagi masofa juda uzoq. Lekin bu munosabatlar yaxshi bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi. Faqat parlamentlararo emas, balki hukumatlararo munosabatlar ham rivojlanishi kerak.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lGxSGtyccDI" title="Manzoor Nadir: Oʻzbekistondagi sivilizatsiya tarixi, yaqin qoʻshnilar bilan ahil yashash tajribasida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Biz O‘zbekistonning sivilizatsiya tarixi, yaqin qo‘shnilar bilan ahil yashash tajribasidan ko‘p narsa o‘rganishimiz mumkin.

Bu kabi amaliy misollar bizga tinchlik va barqarorlik yo‘lida muzokaralar olib borishda foyda beradi.

Norgul Abduraimova,

Doniyor Yakubov (video), O‘zA