Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mansur Omonov “Eng yaxshi ilmiy izlanuvchi” almanax-tanlovi sovrindori
12:46 / 2025-02-03

Har bir rivojlangan davlatda bilimli yoshlarga ehtiyoj seziladi. Shuning uchun mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida, yurt taqdiriga daxldor masalalarda yoshlarning ishtirokini keng ta’minlash islohotlarning tub mohiyatini anglatadi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, Janubiy Koreyaning Hanyang universiteti “Raqamli innovatsiya va amaliy sun’iy intellekt” yo‘nalishi doktoranti Mansur Omonov “Eng yaxshi ilmiy izlanuvchi TOP-100” almanax-tanlovida diplom va ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.  

Bilimi orqali katta cho‘qqilarga intilayotgan Mansur 2 ta ilmiy kitob va 50 ga yaqin milliy va xalqaro ilmiy maqolalar muallifidir.  

O‘zbekiston yosh olimlar va ilmiy nashriyot kengashi tomonidan “Yilning eng yaxshi ilmiy izlanuvchilari – 2024” tanlovi tashkil etilib, unda bugungi kunda ilmiy izlanish olib borayotgan yosh olimlar, tadqiqotchilar, ilg‘or talaba va professor-o‘qituvchilarning ilm-fan va innovatsiya sohasida erishayotgan yutuqlari, ilmiy tajriba va faoliyatlari keng jamoatchilikka namoyon qilinmoqda.  

– Zamonaviy bilim va intellektual salohiyatga ega bo‘lmasdan ko‘zlangan marraga erishib bo‘lmaydi, – deydi Mansur Omonov. – Bugun yurtimiz aholisining 60 foizi yoshlardan iborat bo‘lsa, ishonamanki, ularning ko‘pchiligida tabiat in’om etgan iqtidor bor. Yoshlar siyosati davlat taraqqiyotining davomiyligini ta’minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda namoyon bo‘lmoqda. Biz shunchaki o‘zimizga yaratilgan imtiyozlardan samarali va o‘z vaqtida foydalanishni bilishimiz lozim.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA