Yurtimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularga munosib sharoitlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2022 yil 1 noyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektining ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va ob’ekti bo‘yicha qayta tekshiruv o‘tkazish noqonuniy hisoblanadi.

Bu Prezidentimizning 2022 yil 13 sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida belgilab qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Sirdaryo viloyatidagi sho‘’basiga “GG UNIVERSAL” MCHJ rahbari tomonidan kelib tushgan murojaatda ham aynan soliq organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha qayta-qayta soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasining amal qilishi vaqtincha to‘xtatib qo‘yilganligi ma’lum qilingan.
Murojaatni o‘rganishda, haqiqatdan soliq organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektining ilgari tekshirilgan davri bo‘yicha qayta soliq tekshiruvi o‘tkazilib, asossiz ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasining amal qilishi vaqtincha to‘xtatib qo‘yilganligi aniqlandi hamda qonun buzilishi holatiga yo‘l qo‘ygan soliq organi mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Mansabdor shaxsga MJtKning 2412-moddasiga asosan eng kam ish haqining 40 baravari (12 000 000 mln. so‘m) miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi. Shuningdek, tadbirkorning qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvoxnomasi tiklab berildi.
H.Abdushukurov,
Biznes ombudsman vakil devoni yetakchi inspektori