English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mansabdor va tadbirkorlar “paytavasiga qurt tushgach” davlat bojini toʻladi
12:15 / 2020-06-24

Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudi qarori bilan Fargʻona shahridagi “Ulugʻ shoh” MCHJdan “Asaka bank” Fargʻona viloyat filiali foydasiga 1 mlrd. 827 mln. 501 ming soʻm kredit qarzdorligi va 73 mln. 546 ming soʻm davlat boji undirilishi belgilangan.


Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudi qarori bilan Fargʻona shahridagi “Ulugʻ shoh” MCHJdan “Asaka bank” Fargʻona viloyat filiali foydasiga 1 mlrd. 827 mln. 501 ming soʻm kredit qarzdorligi va 73 mln. 546 ming soʻm davlat boji undirilishi belgilangan.

Mazkur sud hujjati boʻyicha Byuroning Fargʻona shahar boʻlimi davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yurituvi qoʻzgʻatilgan.

Boʻlimga “Ulugʻ shoh” MCHJ mansabdor shaxslari hamda qoʻshimcha javobgar Islomjon Xudoyqulov taklif etilib, sud hujjati ijrosini 15 kunlik ixtiyoriy muddat davomida bartaraf etishlik haqida ogohlantirilgan. Shu bilan birgalikda, majburiy ijro harakatlari oʻtkazish va uning huquqiy oqibatlari, undiruv garovga qoʻyilgan Oʻzbekiston tumani Tagob qishlogʻida joylashgan gʻisht ishlab chiqarish zavodi va tikuvchilik sexi bino-inshootlariga qaratilishi mumkinligi tushuntirilgan.

Bankka boʻyin egmagan “Ulugʻ shoh” MCHJ mansabdor shaxslari va I.Xudoyqulovning “paytavasiga qurt tushib”, bir necha kun ichida 500 mln. soʻm kredit mablagʻlari hamda 73 mln. 546 ming soʻm davlat bojini naqd shaklda toʻlab berishdi.

Hozirda qolgan kredit qarzdorligi yuzasidan “Asaka banki” Fargʻona viloyat filiali va qarzdorlar oʻrtasida mediatsiya kelishuvi boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

Majburiy ijro byurosi

Fargʻona viloyat boshqarmasi