Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mansabdor shaxslarning xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish bilan bog‘liq sud ishlari miqdori oshganmi?
14:19 / 2021-10-29

Bugun, 29 oktyabr kuni Toshkent shahar sudi va Toshkent shahar ma’muriy sudi tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berish maqsadida OAV vakillari uchun brifing tashkil qilindi.

Brifingda Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xodjakulov, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi Ulug‘bek Almamedov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Shuhrat Abbasov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Akbarali Turabov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Maqsudbek Saidov ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonunining 48- va 55-moddalariga asosan, davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan shikoyat va arizalar bo‘yicha ma’muriy nizolar bilan bog‘liq ishlar, Toshkent shahar va tumanlararo ma’muriy sudlari sudloviga taalluqli hisoblanadi.

Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi Ulug‘bek Almamedovning ma’lum qilishicha, Toshkent shahar va tumanlararo ma’muriy sudlarga 2021 yil 9 oyi davomida jami 3018 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan. Shundan 416 tasini qabul qilish rad etilgan, 793 tasi qaytarilgan, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 1541 ta ish esa ko‘rib tamomlangan. Shundan, 875 tasi qanoatlantirilgan (424 tasi rad qilingan, 171 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 
71 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan).

Brifingda 2021 yilning 9 oyi davomida quyidagi ma’muriy organlar mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish, bilan bog‘liq ishlar nisbatan ko‘proq ko‘rilgani ham qayt etildi. Unga ko‘ra,

  • Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 443 ta ish ko‘rilgan. Shundan, 406 tasi qanoatlantirilgan, 19 tasi rad qilingan, 10 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 8 tasi ish yuritishdan tugatilgan;
  • Davlat soliq organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 353 ta ish ko‘rilgan. Shundan, 209 tasi qanoatlantirilgan, 78 tasi rad qilingan, 56 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 10 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan. (DSI bilan 2 marta uchrashuv o‘tkazildi, NDS masalasi);
  • Hokimiyat mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish 
    va hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 345 ta ish ko‘rilgan. Shundan, 
    138 tasi qanoatlantirilgan, 148 tasi rad qilingan, 25 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 
    34 tasi ish yuritishdan tugatilgan (Yer uchastkalarini olib qo‘yish, kompensatsiya);
  • Majburiy ijro byurosi markaziy va hududiy idoralari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish, ular tomonidan chiqarilgan qarorlarni haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq 149 ta ish ko‘rilgan bo‘lib, shundan 40 tasi qanoatlantirilgan, 61 tasi rad etilgan, 34 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 14 tasi esa ko‘rmasdan qoldirilgan;
  • Adliya organlari (intellektual mulk agentligi, notarius, FHDYO, davlat xizmatlari agentligi va b.) mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 65 ta ish ko‘rilgan. Shundan, 
    36 tasi qanoatlantirilgan, 22 tasi rad qilingan, 4 ish yuritishdan tugatilgan, 3 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Shu bilan birgalikda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish (muddatini uzaytirish, ozod qilish) bilan bog‘liq jami 1088 ta iltimosnoma ko‘rilgan bo‘lib, shundan 1069 ta iltimosnoma qanoatlantirilgan, 19 ta iltimosnoma rad etilgan.

— Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mazkur toifadagi ishlarni ko‘rish ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davrida 2523 tani tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ikki baravarga yoki 1435 taga kamaygan. Bu kabi ijobiy natijalarga erishishga, albatta, oldingi yillarda Ichki ishlar organlari bilan birgalikda “Xavfsiz poytaxt” dasturi hamda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. bugungi kunda mazkur toifa ishlari tasdiqlangan ichki jadval asosida sudyalar tomonidan Reabilitatsiya markazida maxsus jihozlangan xonada sayyor sud majlisida ko‘rilmoqda. 2021 yil 9 oyi davomida apellyatsiya instansiyasida jami 549 ta ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chikadigan ishlar ko‘rilgan, - deydi Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi.

Shuningddek, mazkur sud tomonidan profilaktika ishlari olib borilayotganiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahar va tumanlararo ma’muriy sudlari tomonidan aholini huquqiy madaniyatini oshirish, huquqbuzarliklarni oldini olish borasida ham bir qator tadbirlar amalga oshirilgan.

Jumladan, Toshkent shahar va tumanlararo ma’muriy sudlari tomonidan jami 165 ta xususiy ajrim chiqarilgan. Shundan, 54 tasi tegishli tashkilotlarda muhokama qilinib, sudlarga javoblari berilgan, shuningdek ko‘rib chiqarilgan xususiy ajrimlarning 8 tasi bo‘yicha mansabdor shaxslarga jazo qo‘llanilgan bo‘lib, qolgan 111 tasining javoblari berilmagan (bular bo‘yicha tegishli eslatma xatlar yuborilgan).

Bundan tashqari, 2021 yilning 9 oyi davomida Toshkent shahar va tumanlararo ma’muriy sudlariga jami 1324 ta murojaatlar kelib tushgan. Mazkur murojatlarning katta qismini, ya’ni

  • 768 tasi yoki 58 foizi shaxsiy yoki sayyor qabullar orqali, yoxud idorada fuqarolarning o‘zlari bilan bevosita uchrashib hal qilingan murojatlar;
  • 216 tasi yoki 16,3 foizi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi, Bosh prokuratura, Halq qabulxonasi va boshqa idoralar veb-sayti orqali Toshkent shahar ma’muriy sudiga kelib tushgan va o‘rganib chiqilgan murojaatlarni;
  • 340 tasi yoki 25,7 foizi esa jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Toshkent shahar 
    va tumanlararo ma’muriy sudlariga elektron tarzda yoki pochta orqali kelib tushgan murojaatlarni tashkil etadi.

Kelib tushgan har bir murojaatni hisobga olish, uning harakati va belgilangan muddatida ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat kuchaytirilgan.

Shuningdek, joriy yilning 9 oylik davri mobaynida Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudi hamda Toshkent shahar ma’muriy sudi raislari tomonidan barcha sudyalar o‘zlariga biriktirilgan MFYlarga chiqib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 284 nafar huquqiy ko‘makka muhtoj fuqarolarga yordam ko‘rsatib kelgan.