Mansabdor shaxs ma’muriy jarimaga tortildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni xodimlari tomonidan “Malika” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) rahbarining soliq idora xodimlari tomonidan jamiyatda o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, Karmana tuman davlat soliq inspeksiyasi mansabdor shaxslari tomonidan 2022 yil noyabr oyida jamiyatda sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilgan. Mazkur tekshiruv jarayonida belgilangan tartiblar buzilgani aniqlangan.
Murojaatni ko‘rib chiqish davomida Karmana tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudiga yuborilgan. Sudning qaroriga asosan soliq idorasi mansabdor shaxsi ma’muriy jarimaga tortildi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA