Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mansabdor jarimaga tortildi
17:21 / 2024-08-06

Buxoro viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor elektr tarmoqlari korxonasi mas’ul xodimlarining harakatlaridan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Aniqlanishicha, Buxoro shahar elektr tarmoqlari korxonasi bilan “D F” MCHJ o‘rtasida 2021 yil 1 yanvarda shartnoma tuzilgan. Ushbu shartnomaga asosan korxonaga 1 stavkali tarif bo‘yicha elektr energiyasidan foydalanishga ruxsat berilgan va texnik shartlar taqdim etilgan.

Biroq 2024 yil 8 martda, dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, Buxoro shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan hech qanday asoslovchi hujjatlarsiz va oldindan ogohlantirmasdan tadbirkorga qarashli mehmonxona elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilgan.

Bu esa korxonaning bir sutkadan ortiq vaqt davomida elektr energiyasiz qolishiga va tadbirkorlik faoliyatining noqonuniy to‘xtatilishiga olib kelgan.

Biznes-ombudsman vakili devoni xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasida mazkur qonunbuzilish holatlari Buxoro shahar elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxsi tomonidan sodir etilganligi aniqlangan. Unga nisbatan MJtKning 241-3-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudiga yuborilgan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining 2024 yil 26 iyuldagi qarori bilan huquqbuzarlik holati tasdiqlanib, amaldorga nisbatan jarima jazosi qo‘llanildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri