Manilada norozilik namoyishi
Filippin poytaxti Manilada korrupsiyaga qarshi namoyish uyushtirildi. Aksiya chog‘i tartibsizlik yuzaga kelib, 40 nafarga yaqin politsiyachi jarohatlandi. Bu haqda "GMA News" xabar bergan.
Olomon huquq-tartibot idoralari vakillari tomonga shisha va tosh uloqtirgan. O‘n yetti nafar fuqaro qo‘lga olingan. Shahar rasmiylari bugun Luneta milliy bog‘ida o‘tkazilgan mitingda 49 000 ga yaqin odam to‘planganini tasdiqlagan.
“Trillion peso marshi” nomli norozilik aksiyasi mamlakatda suv toshqini bilan kurashish jamg‘armasi mablag‘ini o‘g‘irlash fosh etilishi ortidan ijtimoiy faollar tashabbusi bilan boshlandi.
M.Pirmatova, O‘zA