Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Manguberdi o‘z umrining 11 yilini janglar ichida o‘tkazdi
15:17 / 2022-02-24

Jaloliddin Manguberdining jasorati, qahramonligi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yorqin namuna bo‘lib kelmoqda. Muhammad Xorazmshohning to‘ng‘ich o‘g‘li, Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori bo‘lgan Jaloliddin Manguberdi o‘z umrining 11 yilini vatan ozodligi yo‘lidagi janglar ichida o‘tkazdi. U Xorazmning mo‘g‘ullarga qarshi kurashiga rahbarlik qilib, Parvona jangida dushmanni tor-mor etdi.

Jaloliddin burnida xoli (mank) bo‘lgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o‘zgarib "Manguberdi" nomi bilan mashhur bo‘ldi. 

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida mard sarkarda hayoti va ijodiga bag‘ishlangan "Jaloliddin Manguberdi — mardlik va vatanparvarlik timsoli" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi a’zosi To‘ra Kuryazov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tarix fanlari nomzodi, dotsent Shavkat Saidov va boshqa ishtirokchilar Jaloliddin Manguberdi haqida, uning qahramonligi, yurtimiz tarixidagi o‘rni borasida fikr-mulohazalarini bildirdi.Davra suhbati davomida ishtirokchilar, talaba yoshlar O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ko‘rgazmalar zalida faoliyat ko‘rsatayotgan Jaloliddin Manguberdi hayotiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan ham tanishishdi.
 


M.Komilova, O‘zA