English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mangu barhayot siymo
13:38 / 2021-01-30

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti, davlat va jamiyat arbobi Islom Karimov tavalludining 83 yilligi munosabati bilan joylarda xotira tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Termiz shahridagi 11-umumta’lim maktabida ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbir buyuk Yo‘lboshchi Islom Karimovning ibratli hayot yo‘li va faoliyatidan hikoya qiluvchi videorolik bilan boshlandi.

Tadbirda so‘z olganlar Birinchi Prezidentimizning mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirgan islohotlari, ulkan jasorati haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi. O‘quvchi-yoshlarning badiiy chiqishlari, buyuk arbob asarlaridan keltirilgan iqtiboslari, uning xotirasiga atab bitilgan she’rlardan namunalar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

[gallery-968]

Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar, O‘zA