Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Manga uslubida chizilgan rasmlar ko‘rgazma-tanlovi o‘tkazildi
15:53 / 2024-07-15

Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Manga uslubida chizilgan rasmlar” tanlovining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan tanlov-ko‘rgazmada turli yoshdagi 18 nafar ishtirokchining ijodiy ishlari namoyish qilindi.  

Jumladan, tanlovda Taxmina Rahimova, Mariya Abdullayeva, Muxlisa Ostonova, Diyorbek Usmanov, Durzoda Ismoilova, Sofiya Shakirova, Sabina Jurayeva, Saidazim Usmonov, Diyora Nizomova, Erkin Rahmatullayev, Muhammadkarim Xudoyberganov, Yasmina Odilova, Sabrina Qo‘ldosheva, Dilnoza Rahimjonova, Zarina Malikova, Aleksandr Ekel, Kamila Alimuhamedova hamda Valeriya Godovanik kabi taniqli ijodkorlarning eng sara asarlari namoyish etildi.  

Shunga ko‘ra, "Manga" ko‘rgazma-tanlovi g‘oliblari saralandi.  

Xususan, 1-o‘rin – Sabrina Qo‘ldoshevaga, 2-o‘rin – Zarina Malikova,  

3-o‘rin – esa Ekel Aleksandrga nasib qildi.  

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar eng yosh ishtirokchi Muhammadkarim Xudoyberganov (10 yosh) va Kristianna Abdullayevaga topshirildi.  

Barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi. Ko‘rgazma joriy yilning 22 iyuligacha davom etadi.   

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA