Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
18:34 / 2024-01-23

Xitoyning Urumchi shahrida davom etayotgan O‘zbekiston – Xitoy mintaqalararo forumida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev rahbarligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda.

Tegishli vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari, Savdo-sanoat palatalari, xolding kompaniyalari rahbarlari, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirok etgan tadbirda Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqdi. Unda ikki davlat rahbarlarining oqilona, uzoqni ko‘zlab olib borayotgan siyosati tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro hamkorlikning sifat jihatidan yangi bosqichiga erishilgani ta’kidlandi. 

Forum ishtirokchilarining e’tibori O‘zbekistonda, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda investitsiya muhitini yaxshilash, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga qaratildi. Hududlar va ishbilarmon doiralar vakillarining bevosita o‘zaro hamkorligini oshirish orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirishning keyingi qadamlari va istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi. 

Forum “V2V” va “V2G” muzokaralari bilan davom etdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi delegatsiyasi Xitoy tomonining rasmiylari va kompaniyalar rahbarlari bilan hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi. Iqtisodiyotning turli sohalarida o‘zaro manfaatli yangi shartnoma va bitimlar tuzishga muvaffaq bo‘lindi. 

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.