Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Manfaatlar to‘qnashuviga oid qonunchilik talablari qanday bajarilmoqda?
15:10 / 2025-07-23

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilangan.

Shunga ko‘ra, Agentlik davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari hamda xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etmaganlik holatlari yuzasidan (Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida) o‘rganish olib bordi.

O‘rganishlarda aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha  “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 193-4-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik) tegishli qismlariga asosan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilmoqda.

Bugungi kunda 344 (jumladan, 224 tasi bo‘yicha jarima to‘lovlari amalga oshirilgan, 116 sud qarori ijro etilishi kutilmoqda va 4 tasi sudlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma “E-maʼmuriy ish” yagona axborot tizimi orqali tegishli sudlarga yuborildi.

Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish  choralari ko‘rilmagan holatlarni soha va yo‘nalishlar kesimida olib qaralganda, mahalliy hokimliklarda 212 nafar, qishloq xo‘jaligida 31 nafar, yoshlar bilan ishlash tizimida 24 nafar,   maktabgacha va maktab ta’limida 13 nafar, moliya sohasida 10 nafar, bandlik sohasida 9 nafar, kadastr sohasida 6 nafar,  sanitariya hamda favqulodda vaziyatlar tizimida 5 nafardan, sog‘liqni saqlash hamda ekologiya sohalarida 4 nafardan, veterinariya, sport, oliy ta’lim, adliya tizimida 3 nafardan,  madaniyat, investitsiya, suv xo‘jaligida 2 nafardan, oila va xotin - qizlar, qurilish hamda ilmiy-tadqiqot sohalarida 1 nafardan ekani ma’lum bo‘ldi.  

Agentlik tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etmaslik holatlarining oldini olish choralari davom ettiriladi.

N.Abduraimova,

O‘zA