Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi
14:51 / 2024-11-07

Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi davlat unitar korxonasida korupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingani, mazkur qonunda “manfaatlar to‘qnashuvi” tushunchasiga aniq ta’rif berilgani, manfaatlar to‘qnashuvi kimlar o‘rtasida va qachon vujudga kelishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgani qayd etildi. Davlat tashkiloti xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish sohasidagi huquq va majburiyatlari, cheklovlar jumladan, qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangani hamda qonunning mazmun-mohiyati yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, so‘zga chiqqanlar manfaatlar to‘qnashuvining kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Manfaatlar to‘qnashuvi holatlari chuqur tahlil qilinib, seminar ishtirokchilarining savollariga atroflicha javob berildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA