Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosida mahalliy Kengashlarning vazifalari nimalardan iborat?
15:58 / 2024-10-11

Keyingi yillarda davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiyaviy omillarga chek qo‘yishga qaratilgan hamda bevosita korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini tartibga soladigan 30 dan ziyod normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarini qabul qilish orqali ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni har yili belgilab olish amaliyoti joriy etildi.   

Shuningdek, ushbu islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish asosiy maqsadlardan biri etib belgilandi.  

Joriy yilda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani korrupsiyaga qarshi kurashishda juda muhim qadam bo‘ldi.   

Senatda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini nazorat qilishda mahalliy Kengashlarning roli” mavzusida tashkil etilgan seminarda shu haqda gap bordi.   

Qonun hududiy davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, hududiy davlat unitar korxonalari va maqsadli davlat jamg‘armalariga, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi. Shuningdek, bu o‘z ustav fondida davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga taalluqli.   

Tadbirda hududiy davlat tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishni amalga oshiradigan korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining faoliyatini monitoring qilish va natijalarini mahalliy Kengashlarda muhokama qilish muhimligi qayd etildi.   

Seminar doirasida manfaatlar to‘qnashuviga oid talablar buzilganining huquqiy oqibatlari, bu borada kengashlarning o‘rni va vakolatlari to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.   

N.Abduraimova, O‘zA