Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosi qanday ta’minlanmoqda?
19:55 / 2026-01-15

Geologiya fanlari universitetida o‘tkazilgan tadbirda mazkur qonunning mazmun-mohiyati va ijrosi keng tahlil etildi.

Mas’ullar, olimlar va mutaxassislar ishtirok etgan ushbu tadbirda  qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni davlat organlari va tashkilotlarida xodimlar shaxsiy manfaatlari va xizmat vazifalari o‘rtasidagi ziddiyatlarning oldini olish, shaffoflik va adolatni ta’minlashga qaratilgan. Uning asosiy maqsadi  manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va ularni hal etishda yagona qoidalarni joriy etishdir. 

Tadbirda so‘zga chiqqan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Sa’dullayev  mazkur hujjatning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

- Qonunda manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi va turlari, xodimlar uchun belgilangan cheklovlar hamda Odob-axloq komissiyasi va davlat organlarining vakolatlari yoritilgan. Bu qonun xodimlar faoliyatida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini kamaytirishga va davlat xizmatining shaffof va samarali bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Uning samarali ijrosi uchun xodimlar o‘z shaxsiy manfaatlari va xizmat vazifalari o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochiq va o‘z vaqtida hal qilishi zarur. Buning uchun Odob-axloq komissiyasi va davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida nazoratni samarali amalga oshiradi, - dedi u.

Shuningdek, tadbirda  manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish tartibi, xabarnomalarni ko‘rib chiqish, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha deklaratsiyalarni taqdim etish va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash usullari haqida ham ma’lumotlar berildi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA