Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mandarin narxlari oshib ketishi yuzasidan joylarda kuzatuv ishlari olib borildi
15:36 / 2020-12-11

Bugun bozorlardagi narx-navo qimmatligi, xususan, mandarin narxlarining oshib ketishi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi narx-navoning oshib ketishi borasida monitoring ishlarini olib bordi. Xususan, birgina mandarin narxlari yuzasidan joylarda kuzatuv ishlari olib borilganda quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

Toshkent shahri katta mandarin 20-29 ming, kichigi 45-60 ming

Toshkent viloyati 20 ming, 45 ming;

Sirdaryo viloyati 18-20 ming, 40-43 ming;  

Jizzax viloyati 10-15 ming, 40-45 ming;

Samarqand viloyati 15-20 ming, 45-50 ming;

Farg‘ona viloyati 15-20 ming, 45-50 ming;

Namangan viloyati 15-18 ming, 48-50 ming;

Andijon viloyati 25 ming, 45 ming;

Qashqadaryo viloyati 9-10 ming, 45-50 ming;

Surxondaryo viloyati 15 ming, 45-50 ming;

Buxoro viloyati 13-15 ming, 50-55 ming;

Navoiy viloyati 15-20 ming, 45-55 ming;

Xorazm viloyati 15 ming, 40 ming;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 15-20 ming, 45-55 ming;

 

 

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini

 himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati