“Manchester Yunayted”dan darvozabon de Xea ketadimi?
“Manchester Yunayted” klubi rahbariyati “Everton” va Angliya terma jamoasi posboni Jordan Pikfordni jamoaning darvozaboni David de Xea oʻrniga nomzod sifatida koʻrmoqda.
“Manchester Yunayted” klubi rahbariyati “Everton” va Angliya terma jamoasi posboni Jordan Pikfordni jamoaning darvozaboni David de Xea oʻrniga nomzod sifatida koʻrmoqda.
uff.uz The Sun nashriga tayanib xabar berishicha, “Qizil iblislar” De Xea bilan yangi shartnoma imzolash istagida, lekin ispaniyalik futbolchi jamoaning soʻnggi kunlardagi qoniqarsiz natijalaridan soʻng muzokaralar olib borishdan bosh tortmoqda. 28 yoshli darvozabonning klub bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yoziga qadar moʻljallangan boʻlib, yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
“MYU” egalari David bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmasa, Pikfordni sotib olishni reja qilmoqda. Mankunianliklar 24 yoshli angliyalik futbolchini 60 million funt (67,5 million yevro atrofida) evaziga oʻz safiga qoʻshib olmoqchi.