Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Manchester Siti" o‘z maydonida Italiya chempioni "Napoli"ni mag‘lub etdi.
09:36 / 2025-09-19

Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Bryugge 4:1 Monako  

"Monako" Belgiyada "Bryugge"ga mehmoni bo‘lib yirik hisobda imkoniyatni boy berdi – 1:4. Qayd etish lozim, fransiyaliklar safida Fati debyut o‘yinidayoq gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kopenhagen 2:2 Bayer  

"Bayer" Daniyada "Kopenhagen" bilan kuch sinashib, 2:2 hisobida durang qayd etdi. Leverkuzenliklar 90+1-daqiqadagi avtogol evaziga arang mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Nyukasl 1:2 Barselona

"Nyukasl" maydoniga safar qilgan "Barselona" 2:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Bellashuvda Markus Reshford dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Antoni Gordon mezbonlarning javob to‘piga mualliflik qildi.

Man Siti 2:0 Napoli

Shuningdek, o‘z maydonida "Napoli"ni qabul qilgan "Manchester Siti" ham 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, 56-daqiqada Holand hisobni ochgan bo‘lsa, 65-daqiqada Doku raqib himoyasini yorib o‘tib, darvozani ishg‘ol qildi.

Pep Gvardiola  Manchester derbisidan 4 kun o‘tib, "Napoli"ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinida ham Abduqodir Husanovni asosiy tarkibga tushirishga qaror qildi. O‘zbekistonlik himoyachi esa faol o‘yini bilan "shaharliklar" ustozi ishonchini oqladi.  

Whoscored statistik portali uchrashuvdan keyin o‘yinchilar harakatini baholadi va unga ko‘ra gollarga assistentlik qilgan Fil Foden eng yuqori – 8,5 ballga loyiq ko‘rildi. Husanov esa 7,0 ball bilan baholanib, u bu borada raqib jamoa safidagi Maktominey (6,4), de Bryuyne (6,2) va Hoylunddan (5,7) yuqoriroq baho oldi.

Sporting 4:1 Qayrat

"Sporting" bilan bahs olib borgan "Qayrat"  yirik 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Qayd etish joiz, uchrashuvning birinchi bo‘limida qozog‘istonliklarning 18 yoshli darvozaboni penaltini qaytardi.

Ayntraxt 5:1 Galatasaroy

"Ayntraxt" va "Galatasaroy" o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi va unda nemislar yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, turklar tezkor gol bilan hisobni ochgandi, biroq yakunda "Ayntraxt" o‘ziga kelib oldi va raqib darvozasini besh bor ishg‘ol etdi.

Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turi yakunlandi. 18 o‘yindan faqat 3 uchrashuvda durang qayd etildi. 4 uchrashuvda mehmonlar g‘alaba qozondi. Faqatgina "Olimpiakos" - "Pafos" o‘yinida gol kiritilmadi. 1-tur o‘yinlarida 66 marta darvozalar ishg‘ol qilindi. Ikkinchi tur o‘yinlari 30 sentyabr va 1 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Jamoliddin Bobojonov, O‘zA