Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Manchester Siti” Amerikadan darvozabon olib keldi, ammo...
11:08 / 2018-12-12

AQSHning “Kolambus Kryu” darvozaboni Zak Steffen faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettiradigan boʻldi.


AQSHning “Kolambus Kryu” darvozaboni Zak Steffen faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettiradigan boʻldi. Mazkur transfer MLS tarixida darvozabonlar uchun toʻlangan eng katta summa sifatida qayd etildi.

Avval 23 yoshli darvozabon “Manchester Siti”ga 7,5 milllion dollarga tushishi aytilgan edi. Biroq Zak “shaharliklar” safida yaxshi oʻyin koʻrsatsa, Angliya klub narxni 10 million dollargacha oshirishi mumkin.

Afsuski, darvozabon Angliyada ishlash uchun ruxsatnoma ololmaydi va kelasi mavsum ijaraga beriladi. Uning uchun maʼqul joy “Jirona” boʻlishi aytilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Steffen oʻtgan mavsum MLSning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan edi.