Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Manchester sinagogasiga hujum: halok bo‘lganlar bor
12:13 / 2025-10-03

Angliya shimoli-g‘arbida joylashgan Manchester shahridagi “Heaton Park ibodatxonasi yaqinida 2 oktyabr, payshanba kuni ertalab noma’lum shaxs mashinani odamlar ustiga haydab, so‘ng ularga pichoq bilan hamla qildi. Bu haqda shahar politsiyasidagi guvohlarga tayanib, DW xabar berdi.

Mahkama voqeani terror xuruji sifatida baholamoqda. Hujum yahudiylarning asosiy bayramlaridan biri – “Yom Kippur” nishonlainishi chog‘ida sodir bo‘ldi. Hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani aytilyapti. Yana uch odamning ahvoli og‘ir.

Fojia yuz berganda ibodatxonada odam ko‘p edi. Avvalroq yaralanganlar to‘rt nafarligi xabar qilingandi. Ma’lum bo‘lishicha, uchinchi marhum – hujum qilgan shaxs politsiya tomonidan unga qarata o‘t ochilgandan keyin yiqilgan.

Dastlab huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyatchining vafotini “u olib yurgan shubhali buyumlar bilan bog‘liq xavfsizlik nuqtai nazaridan, hozircha tasdiqlay olmasligi”ni aytdi.

Voqea joyida bombani zararsizlantirish guruhi ham ish olib borgan. Keyinroq “Sky News” telekanali politsiyaga tayanib, Manchesterdagi sinagoga oldida insonlarga hamla qilgan yigit yo‘q qilingani haqida xabar berdi.

– Uch kishining o‘limini tasdiqlashimiz mumkin, – dedi xodim kanalga bergan intervyusida. – Jumladan hujumchining o‘zi Buyuk Manchester politsiyasi xodimlari tomonidan otib o‘ldirildi.

Keyinroq jinoyatchi 35 yoshli asli suriyalik, Jihod Ash-Shamiy ismli Britaniya fuqarosi ekanini aniqlandi. Rasmiylar terror harakati sifatida baholangan hujumga aloqadorlikda gumonlangan yana uch kishi hibsga olinganini ham qo‘shimcha qilgan.

M.Pirmatova, O‘zA