Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’naviyatli yoshlar – yurt kelajagi poydevori
12:20 / 2025-02-04

Azal azaldan ota-bobolarimiz ilmu –ma’rifatni ulug‘lab, ta’lim va tarbiyaning avlodlar kamolotida asosiy poydevor ekanini e’tirof etib kelgan. Qaysiki davlatda yoki mamlakatda millat taqdiri ertasi va kelajagiga e’tibor qaratilar ekan, o‘sha mamlakat, o‘sha davlat shubhasiz gullab-yashnaydi, qudratli va buyuk yurt sifatida tan olinadi.

Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy targ‘ibot ishlari xech qachon hozirgidek dolzarb vazifaga aylanmagan edi. Ma’naviy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lgani uchun, bugungi kunda mafkuraviy tahdid va axborot xurujlari kuchayib borayotgani, odamlar ongi va qalbini egallash uchun kurash avjiga chiqayotgani, hayotning barcha jabhalari, ishlab chiqarishning hamma sohalari, aholining har bir qatlami, ayniqsa, yoshlar orasida ma’naviy -ma’rifiy va mafkuraviy targ‘ibotni yangi bosqichga ko‘tarish ehtiyojini yuzaga keltirdi.  

Shu boisdan ham ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy targ‘ibot ishlari qanday dastur va yo‘nalish, qay saviyada, kimlar tarafidan olib borilayotgani g‘oyat muhim masalaga aylandi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.  

Avvalo, ma’naviyat o‘zi nimadan boshlanadi degan savolga e’tibor bersak. Ma’naviyat eng avvalo xalqning o‘tmishi, ya’ni tarixini, hozirgi real hayotini bilishdan, uning kelajagini aniq tasavvur etishdan, ana shu asosda o‘zini va o‘zligini anglab yetishdan boshlanadi.  

Mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati, moddiy va ma’naviy boyliklari, jahon sivilizatsiyasi rivojiga katta hissa qo‘shgan allomalarining ulkan merosiga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Ularning merosini qayta tiklash, tarixiy shaxslar, buyuk allomalar, shaharlar, madaniy yodgorliklarning yubiley va bayramlarini o‘tkazish an’anaga aylandi.    

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan Taraqqiyot  strategiyasida belgilangan vazifalar ham yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan yoshlarni tarbiyalash, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini yuksaltirish, qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish va takomillashtirishning ma’naviy-madaniy asoslarini o‘rganish va tahlil etish borasida zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi.  

Ushbu rivojlanish dasturida ma’naviy boyliklarni tiklash, millatning axloqiy namunasini takomillashtirish va intellektual salohiyatini yuksaltirish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.  

Darhaqiqat, yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash – yangi rivojlanish bosqichida ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bir qismi yoshlarga qaratilgan. Davlatimiz tomonidan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy huquqlari,  erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarishni ta’minlaydigan zarur sharoitlarni yaratish, jamiyat hayotida ularning o‘rni va faolligini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.    

Bugungi globallashuv va axborot-kommunikatsiyalari jadal rivojlanib borayotgan, turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan davrda yoshlarimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish eng dolzarb vazifaga aylandi.  

Ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot tizimi mafkuraviy profilaktikani amalga oshirishga yordam beruvchi muhim tizimdir.Sog‘lom mafkurani  

xalq qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladigan ijtimoiy tuzilmalar oila, maktab, mahalla, davlat va jamoat tashkilotlari ham unda o‘z o‘rniga ega. 

Shuningdek, Vatan, xalq manfaatlarini, do‘stlik va birodarlikni, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni targ‘ib-tashviq etuvchi turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mafkuraviy profilaktikani amalga oshirish shaklidir.  

Bugungi sharoitda yoshlarni o‘z fikriga ega, turli ma’naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash mafkuraviy profilaktikaning birdan bir vositasidir.  

Jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni o‘rnatish ham mafkuraviy profilaktikaning muhim shartidir. Ijtimoiy adolat ta’minlanishi uchun mamlakatda qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi muhim bo‘lib, o‘z ish faoliyatlarini qonun doirasida amalga oshirishi zarur.  

Rahbar Xoliqova,  

Tarix fanlari doktori, professor

O‘zA