Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’naviyatimiz masalasida qayg‘urishning ayni payti...
15:41 / 2021-02-02

O‘zbekiston “Adolat” SDP Toshkent viloyati kengashi tashabbusi bilan Qibray tumanidagi 4-umumta’lim maktabida “Biz kelajak bunyodkorimiz” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda 19 yanvardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasida belgilangan ustuvor vazifalar xususida so‘z yuritildi.  

Tadbirda partiya saylovoldi dasturi hamda Davlat dasturi loyihasida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, elektorat va aholining keng qatlami bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali mexanizmlar asosida izchil muloqotlarni tashkil etish, siyosiy o‘quvlarda aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy saviyasini yuksaltirish, ta’lim tizimidagi innovatsion yondashuvlar va yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

–Deputatlar, mahalliy organlar ishchi-xodimlari, keng jamoatchilik – barchamiz mazkur vazifalarni amalga oshirish, ochiq-oshkoralik davrida nuqsonlarga murosasiz bo‘lishimiz talab etilishini chuqur tushunmog‘imiz lozim, – dedi xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati Doniyor Yusupov. – Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, agar kimdir, ma’naviyat masalasi – bu faqat Ma’naviyat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi, deb o‘ylasa, xato qiladi.  

–Bugun ma’naviyat, to‘g‘rirog‘i ma’naviyatimiz masalasida qayg‘urishning ayni payti, deb o‘ylayman, – dedi professor Jamila Shermuhamedova. – Balki biroz kechikkandirmiz ham. Ma’naviyat targ‘iboti sira ham yuzaki qaraydigan masala emas. Aytish joizki, dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlari ma’naviy tanazzulga uchrab bormoqda. Albatta, buning ob’ektiv va sub’ektiv sabablari bor. Ya’ni bu demokratik prinsiplarni noto‘g‘ri talqin qilish, erkinlikka ortiqcha “erkinlik” berish oqibatidir. Inson yashar ekan, doim ma’lum bir tarbiyaga, nasihatga ehtiyoj sezadi va hayotning ma’lum bir taqiqlangan chegaralarini bosib o‘tishga haqqimiz yo‘q.  

Yig‘ilishda ijtimoiy-ma’naviy muhitni ilmiy asosda tahlil qilishni davrning o‘zi talab etayotgani qayd etildi.