Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’naviyat va ma’rifat maskani yana bittaga ko‘paydi
15:34 / 2023-08-14

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi bayrami arafasida Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida yangi ob’ektlar barpo etilib, foydalanishga topshirilmoqda.

G‘allaorol tumanida barcha qulayliklarga ega bo‘lgan Ma’naviyat va ma’rifat maskanining ochilish marosimida tuman hokimligi vakillari, nuroniylar, mehnat faxriylari, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari I.Umarova yaqinlashib kelayotgan mamlakatimiz Mustaqilligining 32 yilligi bayrami bilan barcha yig‘ilganlarni samimiy qutladi.

Prezidentimizning 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda qator ishlar amalga oshirilayotgani, foydalanishga topshirilayotgan yangi ma’naviyat va ma’rifat maskani o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur, iftixor tuyg‘ularini shakllantirishda, tumandagi ijtimoiy ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Bayram tadbirida tuman madaniyat bo‘limi jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy, qo‘shiq, lapar, aytishuv va raqslar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.  

A.QAYUMOV,

J.YORBEKOV (surat), O‘zA