Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’naviyat targ‘ibotchilari Sirdaryo tumanida
14:55 / 2024-01-09

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbari raisligida 2023 yil 22 dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqqa muvofiq, Sirdaryo viloyatida ham “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” loyihasi doirasida ma’naviyat targ‘ibotchilari, yozuvchi va shoirlar, san’atkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, suhbatlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbir Sirdaryo tumanidagi Bunyodkor, Kamolot, Oq yol hamda Orzu mahallalarida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy yuksalish borasidagi islohotlar Yangi O‘zbekiston strategiyasida jamiyatning ruhini belgilab beruvchi eng muhim yo‘l sifatida bejiz tanlanmagani, bu kabi tadbirlar xalqimizning ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi hamjihatligini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

[gallery-15374]

Ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli tarzda yetkazib, ijodiy chiqishlari bilan barchaga xush kayfiyat ulashdi.  

Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA