Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’naviyat sohasi xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi
11:45 / 2025-09-22

Bugungi globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdidlar, inson ongi va qalbini egallashga bo‘lgan urinishlar tobora ko‘payib borayotgan davrda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish, targ‘ibotda yangicha usullarni joriy qilish, ijtimoiy ahamiyati yuqori tashabbuslarni ilgari surish har jihatdan muhim.

Bu borada birinchi navbatda, ma’naviy-ma’rifiy sohaga mas’ul xodimlarning malakasini muntazam oshirib borish faoliyat samaradorligiga xizmat qiladi.  

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan hududiy  bo‘lim va tuman (shahar)lardagi bo‘linma rahbarlari uchun seminar-treninglar tashkil etish yaxshi an’anaga aylangan.  

Bu yil ham Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da ana shunday seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari hamda tuman (shahar) bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.  

Dastlab har bir hududiy bo‘lim o‘z faoliyati, ilg‘or amaliyot, o‘ziga xos yondashuv yuzasidan taqdimotlar o‘tkazdi.  

Shundan so‘ng har bir xodimning ish faoliyatida zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni berish maqsadida dolzarb yo‘nalishlarda, xususan, shaxsiy samaradorlikni oshirish va ish jarayonida proaktiv bo‘lish usullari,  zamonaviy media orqali ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotni kuchaytirish va yoshlarni milliy qadriyat ruhida tarbiyalashda ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni va ahamiyati,  sun’iy intellekt va uning hayotimizda tutgan o‘rni mavzularida treninglar o‘tkazildi.    

O‘z navbatida, ushbu muloqot platformasi o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlarni birgalikda tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va mavjud muammolarga samarali yechim topish, maqsadli loyihalarni muhokama qilish hamda oldinda turgan rejalarni ko‘rib chiqish imkonini berdi.  

Seminar doirasida sportning stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari kubogi final bosqichi tashkil qilindi.  

N.Usmonova,

O‘zA