Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ma’naviyat sektori” – yangi kuch, yangi harakat
15:51 / 2024-04-17

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-17-noyabrda Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturida ma’naviy-ma’rifiy sohani alohida qayd etib, joriy yilning birinchi choragida mavjud 4 ta sektorga ko‘makchi tarzda beshinchi – “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Xususan, ushbu yig‘ilishda ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat biz uchun ustuvor masala ekanligiga urg‘u berildi. Zero, bugun jahon miqyosida taraqqiyot sur’atlari misli ko‘rilmagan darajada shiddatli tus olmoqda, g‘oyalar kurashi ketmoqda.  

Bu jarayonda ma’naviyat, ma’rifat, ta’lim-tarbiya, ilm-fan biz uchun najot yo‘li, rivojlanish omilidir. 

Ajdodlarimiz ham ta’lim va tarbiyaning eng muhim omili sifatida ma’naviyat va ma’rifatga alohida ahamiyat berganlar. Ma’naviyatli avlod hech qachon yot g‘oyalarga og‘ishib, o‘z Vatanidan kechmaydi.  

Aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy mohiyatini tahlil qiladigan bo‘lsak, ularning aksariyati ma’naviy qashshoqlik oqibatida yuzaga kelayotganiga guvoh bo‘lamiz. Inson ongidagi ma’naviy kemtiklikni iqtisodiy yo‘l bilan to‘ldirib bo‘lmaydi. Shunday ekan, ma’naviyat oqsasa, jamiyat tanazzulga yuz tutadi.  

Shuning uchun ham Prezidentimiz yoshlar tarbiyasi, inson kapitalini rivojlantirish, mahallada aholi o‘rtasida muntazam targ‘ibotni yo‘lga qo‘yish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli amalga oshirish zarurligini ta’kidlab, Termiziydek buyuk allomalarga beshik bo‘lgan ko‘hna zaminda “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etishda Surxondaryo tajribasini yaratish zarurligi bo‘yicha topshiriq bergan edi.  

“Ma’naviyat sektori”ning asosiy vazifasi shahar va tumanlar, hududlarning ijtimoiy-ma’naviy muhitini ta’minlash bo‘lib, bu borada tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining ko‘maklashuvchi kollegial ishchi tuzilmasi hamda hududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashlarining Ishchi organi hisoblanadi.  

Ayni vaqtda muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish, viloyatning ijtimoiy-ma’naviy muhitini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritalari”ni tuzish, tasdiqlash hamda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.  

Sektor faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ularning infratuzilmasi, ijtimoiy-ma’naviy muhiti hisobga olingan alohida namunaviy metodik qo‘llanmalar, tavsiyaviy yo‘riqnomalar yaratildi.  

“Ma’naviyat sektori” faoliyatini “Surxondaryo tajribasi” asosida namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha respublika seminari o‘tkazildi.  

Seminar doirasida hududlardan kelgan soha mutaxassislari Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida “Ma’naviyat sektori” faoliyati bilan tanishdi.  

Shuningdek, Termiz davlat universitetida “Ma’naviyat sektori” faoliyati bilan tanishuv va “Ma’rifat bog‘i” tashkil etildi.  

Seminarning rasmiy ochilish marosimi Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetida o‘tkazildi.  

Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ishtirok etdi.  

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklarining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hududiy bo‘lim va bo‘linma rahbarlari, hududiy Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hududiy boshqarmalarining mutasaddi xodimlari qatnashdi.  

Tadbir ishtirokchilari Termiz shahridagi “O‘zbekiston” mahallasi hamda Yosh chegarachilar harbiy-akademik litseyida “Ma’naviyat sektori” faoliyati bilan ham tanishdi, deb xabar bermoqda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi axborot xizmati.  

 

N.Usmonova,

O‘zA