“Ma’naviyat oyligi”ning IIO tizimidagi samaradorligi nimada? (+video)
bugungi globallashuv jarayonlarining insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar yaratilayotgani bilan bir qatorda kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarayotgan rost. Xususan, milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga qarshi tahdidlarning ortib borayotgani, yot g‘oyalar bilan odamlar, ayniqsa, yoshlar ongiga ustamonlik bilan hujum qilinayotgani, turli yanglish provokatsion undovlar, kiber-jinoyatchilik, odam savdosi, narkotrafik va boshqa tahdidlar xavfining oshib borayotgani shular jumlasidandir.
Bunday salbiy xatarlarga esa milliy mafkuramiz, kuchli va yengilmas ma’naviyatimiz bilan barham berishimiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/RQUyfuZ207c" title="“Ma’naviyat oyligi”ning IIO tizimidagi samaradorligi nimada? (+video)" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Bugun shu ma’noda IIO tizimida ma’naviyatni yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarga alohida faollik bilan yondashilib, har yili Respublika bo‘ylab “Ma’naviyat oyligi” o‘tkazib kelinmoqda. Kecha, 1 may kuni ushbu oylikka start berildi.
«Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!» shiori ostida bo‘lib o‘tadigan mazkur «Ma’naviyat oyligi» 1 iyunga qadar davom etadi.
Xo‘sh, bunday katta tadbirni o‘tkazishdan maqsad nima va buning tizimga oid samaradorligi aynan qaysi jihatlarda sezilmoqda?
M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, O‘zA