Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’naviyat maskani aholi xizmatida
11:40 / 2023-03-24

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida ma’naviyat maskani foydalanishga topshirildi.

Davlat rahbarining 2021 yil 26 martdagi qarori asosida barpo etilgan ma’naviyat maskanining tantanali ochilish marosimida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari Lola Saodatova, tuman hokimi Sherali Sanayev, keng jamoatchilik, nuroniylar, yoshlar, OAV vakillari ishtirok etdi.

Tuman markazida qad rostlagan ushbu maskanda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlarini yuqori saviyada o‘tkazish imkoni mavjud. Sara kitoblar ilm muxlislari ixtiyorida. Xizmat xonalari zamonaviy jihozlar, kompyuterlar bilan ta’minlangan. Tadbirda so‘z olganlar faoliyatdagi qulaylik yanada g‘ayrat, shijoat bilan ishlashga undashini ta’kidladi.  

Ma’lumot o‘rnida ushbu ob’ektning qurilish ishlariga 423 million so‘m mablag‘ sarflangan va ayni paytda Qashqadaryoda foydalanishga topshirilgan ma’naviyat maskanlari soni 7 taga yetdi.  

O‘lmas Barotov,  

O‘zA.