Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ma’naviyat karvoni” yo‘lga tushdi
11:36 / 2026-01-15

Shu kunlarda Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, uning mazmun-mohiyati, ahamiyatini aholiga yetkazish maqsadida Toshkent viloyatida tegishli ishchi guruhlardan iborat “Ma’naviyat karvoni” yo‘lga tushdi.

Mazkur ishchi guruhlar biriktirilgan tuman va shaharlarda tasdiqlangan grafik asosida mahallalarda aholi bilan ochiq muloqot uchrashuvlarini o‘tkazmoqda. Jumladan, Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan Ixtisoslashgan maktabda ham “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun keng qamrovli targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Tuman hokimi To‘ra Bobolov Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar, islohotlarning asosiy yo‘nalishlari hamda ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni aholiga batafsil tushuntirib berdi. Shuningdek, inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini oshirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Ushbu targ‘ibot tadbiri aholining davlat siyosati, islohotlar va strategik maqsadlar haqidagi bilim va tushunchasini yanada oshirish, mahalla faoliyatida ochiqlik va o‘zaro muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi. 

Yakunda fuqarolarni qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, infratuzilmaviy va boshqa dolzarb masalalar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan aniq choralar belgilandi. 

A.Musayev, O‘zA.