Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ma’naviyat karvoni” milliy qadriyatlar targ‘ibotiga xizmat qilmoqda
12:43 / 2024-05-08

Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi bolalar musiqa va san’at maktabida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida “Vatan ostonasi” shiori ostida “Ma’naviyat karvoni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda poytaxtimizdan tashrif buyurgan el ardog‘idagi san’atkorlar, Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali drama teatri aktyorlari va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari ishtirok etdi.  

– Bugungi ma’naviyat tadbiri biz o‘quvchi- yoshlar qalbida katta taassurot qoldirdi, – deydi tadbir ishtirokchisi Odina Begimqulova. – Chunki. bizga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan o‘z maqsadimiz yo‘lida to‘g‘ri foydalanib, kelajakda Vatan ravnaqi yo‘lida mehnat qilishimiz kerakligini angladik.  

[gallery-17326]

Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, she’rlar o‘qildi. Harbiylar tomonidan qurol-aslahalar ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.  

Shundan so‘ng ma’naviy-ma’rifiy tadbir qo‘shni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh hududda joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismda davom etdi.  

Harbiy oilalar va askarlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda oila va vatanning muqaddasligi alohida ta’kidlanib, farzandlar tarbiyasi hamda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida fikr yuritildi.  

– Yuqori saviyada tashkil etilgan bugungi tadbirda yana bir bor umr yo‘ldoshimdan faxrlandim, – deydi harbiy xizmatchining turmush o‘rtog‘i Shohista Ergasheva. – Sababi, ularning Vatan oldidagi mardonavor xizmatlari tilga olindi. Shu bilan birga, harbiy xizmatchilarning ayollari ham alohida e’tirof etilganidan xursand bo‘ldik.  

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),  

O‘zA muxbirlari