FOTOREPORTAJ
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda viloyatning ma’naviy-ma’rifiy hayotida muhim o‘rin egallagan, ushbu soha rivojida o‘zining fidokorona mehnatlari bilan e’tirof etilgan 2 nafar nomzodga “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi.
– Har qanday jamiyatning eng mustahkam ustuvor poydevorlaridan biri bu – ma’naviyatdir, - deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva. – Vatanparvarlik, ezgu fazilatlar, fidoyilik, milliy qadriyatlar ham mana shu poydevor ustida shakllanadi. Aynan shu sohada tashabbuskorlik, fidoyilik bilan yangilikka intilib faoliyat yuritayotgan mas’ullarni e’tirof etish, rag‘batlantirish maqsadida “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan. Bu mukofot nomining o‘ziyoq mohiyatida qanchalik zahmatlar yotganini, mas’uliyat zalvorini anglatib turibdi.
[gallery-25070]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA