Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’naviyat fidoyisi 80 yoshda
15:00 / 2022-02-14

Termiz davlat universitetida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Denov tumani bo‘limi rahbari, “Do‘stlik” ordeni sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Turon” fanlar akademiyasi akademigi, filologiya fanlari nomzodi Toshtemir Turdiyevning 80 yillik yubileyi tantanali nishonlandi.

Tadbirda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rahbari o‘rinbosari G‘ayrat Majid, shuningdek, shoir va yozuvchilar, universitet o‘qituvchilari, shahar hamda tumanlar Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limlari, OAV vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

– Qariyb 60 yil umrini voha ma’naviyatini rivojlantirishga bag‘ishlab,  yosh avlodning ma’rifati uchun jonkuyarlik bilan mehnat qilgan Toshtemir Turdiyevni bevosita ma’naviyat vijdoni sifatida ta’riflash joiz,  - deydi viloyat rahbari To‘ra Bobolov. – Faoliyati davomida 20 dan ortiq asari, ko‘plab publitsistik maqolalari bilan samarali ijod qilayotgan, 80 yoshida ham shijoatga to‘la bu inson hamisha hurmat va e’zozga loyiq. 

[gallery-5755]

Tadbirda so‘z olgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov Toshtemir Turdiyevning adabiyotga, ma’naviyat rivojiga qo‘shgan hissasi xususida samimiy fikrlarini izhor etdi. 

Yosh ijrochilar hamda folklor etnografik hamda maqom ansambllarining chiqishlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 
 


Jonibek QO‘ZIMURODOV, O‘zA