Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’naviyat fidoyilariga ko‘krak nishoni topshirildi
10:21 / 2023-11-11

Buxoroda “Ma’naviyat marafoni” doirasida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” g‘oyasi asosida qator tadbirlar tashkil etildi.

Buxoro davlat universiteti faollar zalida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, aholi, avvalo, yoshlar qalbida vatanparvarlik, amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirishda o‘zining fidoyiligi, tashabbuskorligi bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari hamda bir guruh ma’naviyat fidoyilariga  “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni hamda esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.  

[gallery-14512]

–Bugun inson qadri ulug‘langan yurtda yashayotganimdan juda ham xursandman,  –deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shofirkon tuman bo‘linmasi rahbari Dilorom G‘afforova. –Yosh bo‘lishimga qaramay mana shunday nishonga ega bo‘lishim meni yanada mehnat qilishga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirishga undamoqda. Menga berilgan nishon bu mening jamoamga, mening tumanimga berilgan nishon deb bilaman. Yanada qattiqroq mehnat qilib, davlat rahbarining atrofida jipslashib, olib borayotgan siyosatini tumanimda targ‘ib qilaman.

Viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Akbar Rustamov nishondorlarni tabrikladi.  

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari