Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’naviyat festivali taassurotlarga boy bo‘ldi
11:42 / 2021-06-26

Guliston shahridagi Alisher Navoiy nomli “Bilimdonlar maskanida” O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g‘oyasi ostida Sirdaryo viloyatida uch kun davom etgan “Ma’naviyat festivali” yakuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi.

Prezidentimizning 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida  o‘tkazilgan festival doirasida “Har bir nuroniy – besh nafar yoshga murabbiy”, “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida amaliy seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazildi va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi yana ko‘plab loyihalar amalga oshirildi.

Tadbirda viloyatdagi bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvilarining chizgan suratlari ko‘rgazmasi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, Xovos tumanidagi 14-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Behruz Rahmatullayevning eksklyuziv ravishda “Bilimdonlar maskani” hovlisidagi fonus ustunida qo‘nib turgan qushning suratini chizgani va ko‘rgazma paytida qush aynan shu joyga kelib qo‘ngani festival ishtirokchilari hayratini yanada oshirdi.

Tadbirda poytaxtimizdan ma’naviyat festivaliga kelgan taniqli san’atkorlarning chiqishlari tomoshabinlarning olqishiga sazavvor bo‘ldi.

– bugungi festival bahona Sirdaryo viloyatining ko‘p joylarida bo‘ldik va yangi Sirdaryo har tomonlama yuksalib, rivojlanib borayotganiga guvoh bo‘ldik, – Bu kunlar bizda juda katta taassurot qoldirdi, – deydi O‘zbekiston Xalq artisti Gavhar Zokirova. – Viloyatning shahar va qishloqlarida o‘tgan tadbirlar davomida tomoshabinlar san’akorlarimizning har bir chiqishlarini olqishlar bilan qarshi oldi. Sirdaryoliklarning bu qadar san’atsevarligi, yuksak ma’naviyat sohiblari, yoshlari ulkan iqtidor egalari ekani, Yangi O‘zbekistonimizning kelajagi mana shunday iqtidorli yoshlar qo‘liga o‘tishi va xalqimiz ertasiga ishonch bilan qarayotgani meni behad shodlantirdi.

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev ma’naviyat festivaliga poytaxt va respublikamizning turli hududlaridan kelgan ma’naviyat targ‘ibotchilari – adabiyot, san’at, madaniyat vakillariga o‘zbekona tuhfa – do‘ppi  va esdalik sovg‘alar hadya qildi.

Sirdaryoda o‘tgan ma’naviyat festivali barchada ulkan taassurot qoldirdi.

A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat), O‘zA