English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ma’naviyat festivali” ezgu maqsadlar namoyishi
12:59 / 2022-10-27

Namanganda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Kinematografiya agentligi hamkorligida tashkillashtirilgan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” g‘oyasi asosidagi “Ma’naviyat festivali” hamda “Madaniyat karvoni” tadbirlari davom etmoqda.

Viloyatning barcha shahar-tumanlarida bo‘lib o‘tayotgan tadbirlarda 150 nafardan ziyod ilm-fan, adabiyot, san’at va madaniyat sohalarining yetuk namoyandalari ishtirok etmoqda. Jumladan, Uychi tumanidagi 45-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan muloqotda Fayziobod, Islomobod va Cho‘rtuk mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar jam bo‘ldi. Tadbir ishtirokchilari zangori ekran va internet tarmoqlarida ko‘rgan sevimli qadrdonlari – yozuvchi-shoirlar, aktyor va aktrisalar bilan yuzma-yuz ko‘rishdi.

“Inson qadri uchun” loyihasi doirasida “Madaniyat karvoni” oilaviy bolalar uyiga bordi, “Mehr-muruvvat va saxovat” loyihasi asosida Beruniy mahallasida yashovchi, bolalikdan nogironligi bor Oyrusxor Mamatvaliyeva xonadoniga uyushtirilgan yo‘qlov dillarga quvonch ulashdi.

Uychi tumani madaniyat markazida san’atkorlar bilan uchrashuv va gala konsert taassurotlarga boy bo‘ldi.

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA