French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’naviyat faollari uchun amaliy o‘quv soatlari tashkil etildi
08:03 / 2025-06-19

O‘zbekistonda davlat rahbarining “O‘zbekiston–2030” strategiyasi hamda “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda, 2025 yil 16 -18 iyun kunlari Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining Malaka oshirish bo‘limi tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlar uchun 24 soatlik malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi. 

O‘quv mashg‘ulotlari Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot universiteti tadbirlar zalida tashkil etildi.

Mazkur kurs doirasida tinglovchilar mamlakatimizdagi islohotlarning yangi bosqichi, “O‘zbekiston–2030” strategiyasi hamda 2024 yilning “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” sifatida e’lon qilinishi bilan bog‘liq keng qamrovli o‘zgarishlar yuzasidan taniqli mutaxassislarning ma’ruzalarini tinglashdi.

Kurs doirasida tinglangan tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy axloq va yangilanayotgan jamiyat konsepsiyasi, rahbar ma’naviyati va kasb etikasi, ma’naviy targ‘ibot ta’sirchanligini kuchaytirish kabi mavzular o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. 

Shuningdek, milliy g‘oyaning taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyati, jamiyat barqarorligiga tahdid soluvchi omillar va ularni bartaraf etish choralari, ma’naviyat sektori faoliyatini tashkil etishning amaliy jihatlari mavzularida ham qiziqarli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Tinglovchilar uchun ma’ruzalar amaliy misollar va hayotiy tajribalar asosida o‘tkazilib, zamonaviy yondashuvlar, yetakchilik, ma’naviy muhitni shakllantirish kabi yo‘nalishlar ayniqsa, alohida e’tiborga olindi.

Mazkur malaka oshirish o‘quv soatlari ma’naviy-ma’rifiy sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun tajriba almashish, bilim va ko‘nikmalarni oshirish, shu orqali mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 

M.Eshmirzayeva, O‘zA