English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’naviy tarbiya va targ‘ibotning zamonaviy texnologiyalari muhokama etildi
15:25 / 2023-05-17

Poytaxtimizda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan “Ma’naviy tarbiya va targ‘ibotning zamonaviy texnologiyalari hamda ta’sirchan usullari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur ilmiy-amaliy anjuman ma’naviy tarbiyaning samarali va ta’sirchan usullari, targ‘ibotning yangi texnologiyalari, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish metodikasi va baholash mezonlari samaradorligini oshirish kabi ilmiy muammolar tahliliga bag‘ishlandi.  

Unda dunyoning mafkuraviy manzarasi, ma’naviy tarbiya va zamonaviy targ‘ibot texnologiyalarining bugungi kundagi ahamiyati milliy va ma’naviy muhit bilan bog‘langan tarzda muhokama etildi. Shuningdek, yosh tadqiqotchi-olimlar ma’naviy tarbiyaning eng ilg‘or usullari, xorij tajribasi, targ‘ibotning yangi texnologiyalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish kabi masalalar bo‘yicha ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.  

–Barcha tizimlardagi targ‘ibotchi yoshlarni aniqlash va ularni birlashtiruvchi “Yoshlar klubi”ni joriy etish zarur, – deydi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Munira Kahhorova. – Shu bilan birga, mehnat va o‘quv jamoalari o‘rtasida, har bir mahalla va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va tashviqot ishlari bo‘yicha doimiy asosdagi ijtimoiy aksiyalar, tanlov va musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish va yangicha yondoshuv ish uslubini joriy etish maqsadga muvofiqdir.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA