Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugda Tarbiyaviy va mafkuraviy organ ofitserlari hamda soha mutaxassislarining kasb bayrami yuksak saviya, ko‘tarinki ruh bilan keng nishonlandi.
Bayram munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda so‘z olganlar harbiy xizmatchilar, faxriylar, soha mutaxassislari hamda yosh ofitserlarni bayram bilan muborakbod etib, tarbiyaviy-mafkuraviy ishlarning bugungi kundagi ahamiyati, harbiy jamoalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishdagi beqiyos o‘rnini alohida e’tirof etishdi.

Darhaqiqat, tarbiyaviy va mafkuraviy organlar mutaxassislari harbiy tizimning ma’naviy qalqoni, ruhiy tayanchi va g‘oyaviy yo‘l ko‘rsatkichi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ularning faoliyati qurol kuchi bilan emas, balki so‘z qudrati, e’tiqod mustahkamligi va vatanparvarlik ruhi bilan yuksalmoqda.

Tadbir davomida fidokorona xizmat qilayotgan ofitser va mutaxassislarga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirilib, Mudofaa vaziri va Qo‘shinlar qo‘mondonining esdalik sovg‘alarini topshirildi.

Tadbirda yangragan kuy-qo‘shiqlar barchaning qalbida ona Vatanga muhabbat, harbiylik kasbiga sadoqat tuyg‘ularini yanada jo‘sh urdirdi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri