Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida 25 oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ichki ishlar organlarining faxriylari, professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar, xorijiy mehmonlar hamda institut rahbariyati ishtirok etdi. Dastlab ishtirokchilarga bayram tabriklari yetkazilib, huquq-tartibot sohasida sidqidildan xizmat qilayotgan xodimlarga minnatdorlik izhor etildi. Shuningdek, tadbir davomida mamlakatimizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda ichki ishlar organlari xodimlarining o‘rni, ularning yuksak mas’uliyat va fidokorona mehnati haqida so‘z yuritildi.
<iframe width="1326" height="746" src="https://www.youtube.com/embed/EeeWcNvorVQ" title="Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda munosiblar taqdirlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Tadbirda ko‘p yillik fidokorona mehnati uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va institut boshlig‘ining buyrug‘i bilan xodimlarga navbatdagi unvon, ko‘krak nishoni, qo‘l soati, faxriy yorliq, tashakkurnoma va qimmatli sovg‘alar tantanali taqdim etildi.
Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni samarali ta’minlash sohasida yuqori natijaga erishish ko‘p jihatdan ichki ishlar organlari xodimlarining doimiy shayligi va kasbiy tayyorgarlik darajasiga, ularning inson huquq va erkinliklari, davlat va jamiyat manfaatlari himoyasi yo‘lidagi fidoyiligi va jasoratiga bog‘liq. Shunday ekan ularni mas’uliyatli faoliyatlarida omad tilab qolamiz.
Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA