Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ma’lumki, global miqyosda inson qalbi va ongi uchun kurash tobora kuchayib, ijtimoiy tarmoqlar, erkinlik niqobi ostida axloqsizlikni targ‘ib etadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlar so‘nishiga olib keladigan tahdidlar soni ortib bormoqda.

Buning oldini olishda yoshlarning “mafkuraviy immunitet”iga bo‘lgan ehtiyojini to‘ldirish kerak bo‘ladi.
Shu maqsadda imzolangan memorandumda ham boshqarma harbiy xizmatchi va xodimlari o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi hamda o‘z shaxsiy manfaatlari jamiyatni farovonlikka yetaklaydigan umummilliy manfaatlarga uyg‘un holda bo‘lishini ta’minlash e’tiborga olingan.

Shunga ko‘ra, muloqot davomida shahar FVB shaxsiy tarkibi orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
Sohada amalga oshirilgan ishlar va memorandum doirasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA