English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Manas-14” yo‘l paturul xizmati maskanida chaqaloq dunyoga keldi
13:00 / 2019-08-26

Toshkent – Samarqand yo‘nalishida harakatlanayotgan avtomobil salonidagi yo‘lovchi ayol bezovtalana boshlagach, haydovchi “Manas-14” yo‘l patrul xizmati maskanida avtomashinani to‘xtatdi.


Toshkent – Samarqand yo‘nalishida harakatlanayotgan avtomobil salonidagi yo‘lovchi ayol bezovtalana boshlagach, haydovchi “Manas-14” yo‘l patrul xizmati maskanida avtomashinani to‘xtatdi.

M-39 “Olmaota – Toshkent – Termiz” avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati hududidan o‘tuvchi 939-kilometrida joylashgan “Manas-14” yo‘l patrul xizmati maskani inspektorlari ayolni zudlik bilan postda tashkil etilgan tibbiy yordam ko‘rsatish xonasiga olib kirdi. Homiladorlikning so‘nggi paytida bo‘lgan yo‘lovchi X.Q. shu yerda ko‘zi yorib, qiz farzandli bo‘ldi.

YPX maskanida uzoq masofaga harakatlanuvchi haydovchilarga tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish xonasi yangi mehmonning dunyoga kelishiga ko‘maklashdi. Shu kuni ona va bola sog‘-salomat manzillariga yetib oldi.

Viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari qizaloq va onasining keyingi salomatligini bilish maqsadida X.Q xonadoniga borib keldi. Ona-bola sog‘lom. Oila inspektorlarga minnatdorchilik bildirdi.