English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mana shunday tarixiy kunda oila qurishga qaror qildik”
12:14 / 2021-10-24

Bugun nikoh to‘yi bo‘layotgan yosh kelin-kuyov Qashqadaryo viloyati Kitob tumanilik Shahzod Sohibov va Kamola Tursunova tumandagi 28-maktabda joylashgan 488-saylov uchastkasiga borib ovoz berdi.

– Bugun bizning oilamiz uchun ham tarixiy kun, – deydi Shahzod Sohibov. – Nikoh to‘yimizni aynan saylov kunida o‘tkazishimizda ham hikmat bor. 

Sababi turmush o‘rtog‘im bilan kelishgan holda hayot yo‘limizni mana shunday tarixiy sanadan boshlashga qaror qildik. Bugun saylov jarayonida faol qatnashib o‘zimiz munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdik.

O‘lmas Barotov, O‘zA