Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’muriy sudlarga murojaat qilish sabablari va muammolar
18:10 / 2022-10-08

Jamiyatda ma’muriy sudlarga bo‘lgan ishonchni yanada oshirish maqsadida davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish talab etiladi.

Shu maqsadda davlatimiz rahbarining 2022 yil 29 yanvardagi “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi va ma’muriy sudlar faoliyati takomillashtirildi.

Jamiyatda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish, ularni fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining haqiqiy himoyachisiga aylantirishga qaratilgan choralar belgilandi.

Sudyalar oliy maktabida tashkil etilgan seminar shu mavzuga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Oliy sud bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklari hamda Davlat kadastr agentligi boshqarmalari, tuman va shahar bo‘limlari xodimlari, shuningdek, ma’muriy sudlar sudyalari maxsus videokonferens-aloqa orqali ishtirok etdi.

Ishtirokchilar ma’muriy organlar qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudlarga murojaat qilish sabablari va muammolari hamda mazkur organlar ustidan sudga qilingan shikoyatlarni ko‘rib chiqish amaliyoti bilan batafsil tanishtirildi.

Sudyalar oliy maktabi o‘qituvchilari, Oliy sud sudyalari mavzu yuzasidan ma’ruza va taqdimotlar qildi.

Tadbir qizg‘in savol-javob va bahs-munozaraga boy bo‘ldi. Onlayn ishtirok etgan mahalliy hokimiyat va kadastr organlari mutaxassislari amaliyotda vujudga kelayotgan muammolarni o‘rtaga tashladi. Mutaxassislar esa ularning yechimi bo‘yicha tavsiyalar berdi.

bugungi kunda ma’muriy sudlar tomonidan mahalliy ijro hokimiyati va kadastr organlari qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qanday nizolar hal etilayotgani, ishlar  qanday tartibda ko‘rilayotgani va sud amaliyotiga oid masalalar bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi.

Seminar-trening yakunida ishtirokchilar ma’muriy sudlar faoliyati va ularning jamiyatda qonuniylikni ta’minlashdagi roli borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilardan javob oldi.

N.Abduraimova, O‘zA